Yozgi Osiyo o'yinlarida g'olib bo’lgan sportchilarimiz 5 ming dollargacha rag'batlantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2022-yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Unga ko’ra, O‘zbekiston sport delegatsiyasining 2022-yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi va muvaffaqiyatli ishtirok etishi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.
Shuningdek, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari:
oltin medal uchun – 5 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun – 3 000 AQSH dollari;
bronza medal uchun – 2 000 AQSH dollari;
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilarini tayyorlagan trenerlar:
oltin medal uchun – 2 500 AQSH dollari;
kumush medal uchun – 1 500 AQSH dollari;
bronza medal uchun – 1 000 AQSH dollari;
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilarini tayyorlagan boshqa mutaxassislar (shifokor, diyetolog, massajist va boshqalar):
oltin medal uchun – 2 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun – 1 000 AQSH dollari;
bronza medal uchun – 500 AQSH dollari miqdorida har bir medal uchun bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.






