«Yoʼl xarita»larning ijro holatini qoniqarli deb boʼlmaydi - T.Narbayeva

Davlat rahbarining 2021-yil, 28-dekabrdagi PQ–67-sonli qarori bilan tasdiqlangan 3 ta amaliy harakatlar rejalarida jami 116 ta banddagi vazifalarning 5 tasi bajarilgan, 77 tasi oʼz vaqtida bajarilmoqda, 34 tasining (29 foizi) ijrosi kechiktirilmoqda.
“Yoʼl xarita”larning ijro holatini qoniqarli deb boʼlmaydi. 1 va 2 – ilova bilan tasdiqlangan “yoʼl xarita”lari ijrosiga Tashqi ishlar vazirligi, 3-ilova bilan tasdiqlangan “yoʼl xarita”si ijrosiga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi masʼul.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi – xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni muvofiqlashtirish, maqsadli foydalanilishini monitoring qilish, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va muvofiqlashtirish uchun masʼul vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Biroq, vazirlikning ishi sezilmayapti, ayrim loyihalar oʼz holiga tashlab qoʼyilgan, muammoning sabablarini oʼrganish va bartafar etish boʼyicha amaliy harakatlar koʼrinmayapti.
Vazirlik kiritgan maʼlumotiga koʼra, 40 ta investitsiya loyihadan 10 tasi qoloqlik bilan amalga oshirilayapti. Muammoning sabablari keltirilmagan, takliflar esa nomiga (belgilangan vazifani bajarish haqida) berilmoqda.
Bizning oʼrganishlarimiz esa, qoloqlik bilan amalga oshirilayotgan loyihalar soni koʼpligini koʼrsatmoqda, yaʼni 21 ta loyiha oʼz vaqtida bajarilmayapti.






