Yo‘llarda 13 turdagi yangi yo‘l belgilari paydo bo‘ladi

Yangilangan yoʻl harakati qoidalariga koʻra, joriy yilning 1-mayidan boshlab mamlakatimizda yaqin atrofdagi ijtimoiy ahamiyatga ega joylarni koʻrsatuvchi 13 ta yangi xizmat yo’l belgilari paydo bo’ladi.
Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bular:
- 6.16 Cho’milish havzasi
- 6.17 Ichki ishlar boshqarmasi
- 6.18 Radio
- 6.19 Masjid
- 6.20 Cherkov
- 6.21 Namoz xonasi
- 6.22 Temir yo'l stantsiyasi
- 6.23 Aeroport
- 6.24 Bozor
- 6.25 Turistik axborot markazi
- 6.26 Zaxira
- 6.27 Manzarali joy
- 6.28 Merosiy arxitektura obyekti.






