YPX xodimlari qo‘lida narkotester ham bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining 975-son qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:
-transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligi holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanish;
-narkotester maxsus moslamasi yordamida transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligi aniqlangan hollarda yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar algoritmi.






