Yulduzlarga bir qadam

Olimlar amaliy yadro sintezini ishlab chiqishda katta muvaffaqiyatga erishdilar.

Tadqiqotchilarning sa’y-harakatlari natijasi o’laroq, insoniyat yulduzlarning energiya manbalaridan foydalanishga yana bir qadam yaqinlashdi.
Angliyaning Oksfordshir shahrida joylashgan JET laboratoriyasi vodorodning ikkita shaklini siqib chiqarish orqali olinadigan energiya miqdori bo‘yicha o‘zining jahon rekordini yangiladi.

Agar yadroviy sintezni Yerda muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin bo'lsa, kam uglerodli va kam radiatsiyaviy energiyaning deyarli cheksiz ta'minoti potentsialiga ega bo'linadi.

Tajribalarda besh soniya davomida 59 megajoul energiya (11 megavatt quvvat) ishlab chiqarishga erishildi.

Bu 1997 - yilda xuddi shunday sinovlarda erishilgan natijadan ikki baravar ko'p.

"JET tajribalari bizni termoyadroviy quvvatga bir qadam yaqinlashtirdi. Biz mashina ichida mini yulduz yaratishimiz va uni besh soniya davomida ushlab turishimiz hamda yuqori unumdorlikka erishishimiz mumkinligini isbotladik. Bu bizni yangi va buyuk o’zgarishlar olamiga olib kiradi”, dedi reaktor laboratoriyasining operatsiyalar bo'limi boshlig'i doktor Jo Milnes.