«Yulduzli tunlar» romani yapon tiliga tarjima qilindi

O’zbek adabiyotining yorqin namoyandasi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani tarjimon Xisako Yamaguchi tomonidan yapon tiliga tarjima qilindi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu romanning O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida diplomatik aloqalar o`rnatilganligining 30 yillik yubileyi doirasida hamda O’zbek tili bayrami kuni arafasida nashr etilganligi muhim ahamiyat kasb etadi.