Yunusoboddagi ko‘chaga Usmon Nosir nomi berildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining VI-77−30−14−0-K/23-sonli qarori bilan Yunusobod tumani “Buyuk Turon” mahallasidagi Amir Temur 1-tor ko‘chasi Usmon Nosir ko‘chasi deb qayta nomlandi. Shuningdek, ushbu ko‘chaga tutash nomsiz ko‘chaga Usmon Nosir 1-tor ko‘chasi nomi berildi.

Bu Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 10-fevraldagi “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori tegishli bandining ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi, deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.