Yurak amri fondi o'z faoliyatini tiklaydi

O'zbekistonda faoliyat olib borgan «Yurak amri» hayriya fondi Turkiyadagi o'z missiyasini tugatib O'zbekistonda faoliyatini tiklashini ma'lum qildi. Bu haqda fond asoschisi Sanjar Rahimov (Sardor Rahimxon) xabar berdi.

«Biz turli tuhmatlar va gap-so'zlarga barham berish niyatida Turkiyadagi o'z missiyamizni yakunlab, O'zbekistonga qaytmoqdamiz.» - deya ma'lum qildi u.

Shuningdek u Turkiyadagi zilzila oqibatida jabrlanganlarga yordam ko'rsatib kelgan Yurak amri Xalqaro hayriya loyihasi davomida oilalar uchun 160 dan ortiq konteynerlarni o'rnatishga erishilganini ma'lum qildi.

«Fidoiylik gapda emas amalda bo'lishi kerak! Biz ertadan O'zbekistonda o'z faoliyatimizni qaytadan boshlaymiz» - deya qo'shimcha qildi u.

Yurak amri loyihasi pandemiyaning dastlabki davrlarida qisqa muddatli xayriyalar uchun tashkil qilingan. Keyinroq, 2021 yil 12 iyulda bu xayriya loyihasi rasman fond sifatida tashkil qilinib, faoliyatini davom ettirgan.

Loyiha 2022-yilning may oyida O'zbekistonda o'z faoliyatini to'xtatgan edi.