Yurt qahramonlarini tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tmoqda

Ayni damda poytahtimizda joylashgan Toshkent aeroportida Yurtimiz sharafini Jahon arenasida munosib himoya qilgan mard o'g'lon va qizlarimiz, Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchilari va medallar sohiblarini tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tmoqda.

Bu yerga nafaqat sportchilarning ota-onalari, oila a'zolari va do'stlari, balki xalq qahramonlarini munosib kutib olish uchun yetakchi OAV vakillari hamda blogerlar, yurtimiz sportiga befarq bo'lmagan insonlar, muxlislar, shahar aholisi va mehmonlar chiqishdi.

Qahramonlarimizning ushbu yutuqlari albatta, Davlatimiz xayotidagi muhim sana, Mustaqillik bayramimizning 30-yilligiga eng munosib tuxfa bo'ldi desak, hech mubolag'a bo'lmaydi.

Sportchilarimiz bilan bo'lib o'tadigan eksklyuziv interv'yularimizni navbatdagi yangiliklarimizda kutib qoling.

Bizni kuzatishda davom eting.