Yurtimizda 1 apreldan nimalar o‘zgaradi?

So'nggi kunlarda qonunchiligimizdagi o'rarishlar borasida ko'p xabarlar berilmoqda. Xususan oylik maosh, nafaqalar oshishi, jamoat transporti tariflari, tadbirkorlarga subsidiyalar va boshqa o'zgarishlar. Ushbu maqolada barcha o'zgarishlar bilan qisqacha tanishib oling.

Joriy yil 1 apreldan qonunchilikda quyidagi o‘zgarishlar kutilmoqda. Xususan,

-Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi.

-Toshkent shahrida jamoat transportidan foydalanish tariflari o‘zgaradi.

-25 yildan oshiq pedagogik stajga ega bo‘lgan pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

-Pensiya oluvchilar metrodan bepul foydalanadi.

-Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga biryo‘la beriladigan nafaqa miqdori harbiy xizmatchi maoshining 150 barovari miqdorida belgilanadi.

-Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlar markazlarida transport vositalari harakat tezligi 60 kilometrgacha tushirildi.

-Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yo‘lga qo‘yishga ruhsat etiladi.

-Litsey, texnikum pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari maktab o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi.

-Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslarga soliq imtiyozlari beriladi.

-Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ularning ishchilari tomonidan to‘lagan daromad solig‘ini qaytarib berish tartibi joriy etiladi.

-Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar berishda «my.vetgov.uz» saytida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.