Yurtimizga qaytgan yosh bokschilarimiz tantanali kutib olindi

Joriy yilning 14-26-noyabr kunlari Ispaniyaning La Nusiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari umumiy hisobda 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.

Bugun hamyurtlarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.