Yuta shtatida kuchli yong'in yuzaga keldi

AQShning Yuta shtatida kuchli yong'in o'rmonzorlarini qamrab oldi va deyarli 3000 gektar maydonga tarqaldi.

Bu haqda, yakshanba kuni mahalliy KUTV telekanali efirida ma'lum qilingan.

Xabarlarga ko'ra, bu hududda birinchi alanga uchqunlari 8-iyuldayoq aniqlangan, o‘shanda g‘arbiy Yutaning aksariyat qismi kuchli shamol va anomal issiq ob-havo tufayli xavf ostida bo'lgan.

Rasmiylarning yong‘in tarqalishini to‘xtatishga urinishlariga shamol va namlikning pastligi to‘sqinlik qilmoqda, deyiladi telekanal xabarlarida.

"Ayni paytda bizning sa'y-harakatlarimiz yaqin atrofdagi turar-joy binolari xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan", deya ta'kidlagan shtat yong'in xavfsizligi boshqarmasi matbuot kotibi.