YXHT Raisi O'zbekistonga keldi

"Dunyo" agentligi ma’lumotlariga ko'ra, 13 aprel kuni Yevropadagi xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) ning amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Linde Toshkentga keldi.

Tashrif davomida O'zbekiston Senati va Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o'tkazish rejalashtirilmoqda. Muzokaralar jarayonida YXHT doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari va O'zbekiston va Shvetsiya o'rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, O'zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyev Ann Kristin Lindini shaxsan o’zi qabul qilishini aytib o’tdi.