Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta'sis etiladi

“Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobiZahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to'g'risida”gi Prezident qabul qilindi. Unga ko’ra, 2023/2024 o'quv yilidan OTM talabalari uchun tarix va geografiya yo'nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta'sis etiladi.

Qarorga ko'ra:

“Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligiva madaniyati rivojida tutgan o'rni” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o'tkaziladi;
“Bobur merosi” xalqaro sayyohlik targ'ibot dasturi amalga oshiriladi;
Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik davriga bag'ishlab suratga olinayotgan “Yo'lbarsning tug'ilishi” badiiy filmini yakuniga yetkazish choralari ko'riladi.
2023-yil 1-avgustgacha o'zbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.