Zakovat g‘oliblari 100 000 000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Yoshlar ishlari agentligi hamda "Zakovat" intellektual klubi NNT hamkorligida "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Ahamiyatli jihati shundaki, "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida tashkil etilgan "Zakovat" bahslari ilk bor besh bosqichda: mahalla bosqichi, sektor bosqichi, tuman (shahar) bosqichi, hududiy bosqich va final bosqichidan iborat shaklda tashkil etildi.
Respublika bo‘ylab o‘tkazilgan intellektual o‘yinlarda jami 725 ming 583 nafar zakovatchilar ishtirok etdi.
Murosasiz kechgan bahslarda intellektual salohiyatli, har jabhada ilmli bo‘lgan yoshlar saralandi va final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shunga ko‘ra, "Zakovat" intellektual o‘yinining final bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 ta hududdan jami 294 nafar ishtirokchidan tashkil topgan 42 ta jamoa ishtirok etdi.
Final bosqichining g‘olib va sovrindorlari munosib tarzda mukofotlandi. Jumladan, yakuniy bosqichda birinchi o‘rin g‘olibligini qo‘lga kiritgan jamoa 100 million so‘m pul mukofoti, ikkinchi o‘rin g‘olibligini qo‘lga kiritgan jamoa 60 million so‘m pul mukofoti, uchinchi o‘rin g‘olibligini qo‘lga kiritgan jamoa esa 40 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.






