«Zakovat» RU-liga finali

Toshkentda RU-liga “Zakovat” o‘yinining sport versiyasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati finali bo‘lib o‘tdi.

Chempionat tashkilotchilari – Milliy ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda “Zakovat” nodavlat notijorat tashkiloti sanaladi.

Bosh sovrin 50 million so‘m bo‘lib, g‘oliblar 2023-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan jahon chempionatida ham yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot o’rnida, “Zakovat” bilimdonlar harakati bo‘lib, unda har bir jamoaga intellektual savollar beriladi.