Bright Uzbekistan jurnali Shavkat Mirziyoyevga rasman topshirildi

Kuni kecha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan bo’lib o’tgan “Ochiq muloqoti”da Bright Uzbekistan jurnalining ilk soni Davlatimiz rahbariga rasman taqdim etildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan 2021-yilnig 20-avgustida ilk bor “Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti” o’tkazildi, va aynan shu kundan binoan “20-avgust -Tadbirkorlar kuni” deya e’lon qilinib, har yili ushbu sanada Prezident va biznes vakillari o’rtasida ochiq muluqot o’tkazilishi belgilandi.

Tadbirkorlar uchun keng imkoniyat va qulayliklar taqdim etilishiga katta turtki bo’lgan ushbu sana Bright Uzbekistan loyihasi asoschisining yangi rejalari uchun ham kuchli motivatsiyaga aylandi.

Prezidentimizning uchrashuvdagi, “Yilning eng ilg’or tadbirkorlar kitobini chop etish” borasidagi takliflariga binoan mamlakatimizning eksport, import va investitsiya salohiyatini o’zida jamlagan Bright Uzbekistan jurnalining ilk soni chop etildi.

Oradan bir yil o’tib, navbatdagi ochiq muloqotda Jurnalning ilk soni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga rasman topshirildi.

Mashaqqat va turli sinovlar bilan o’z o’quvchilariga yetkazilayotgan ushbu jurnal, qaysidir ma’noda loyiha rahbariyati, jamoa va albatta jurnal sahifalarida o’z o’rniga ega bo’lgan siyosat vakillari hamda tadbirkorlar uchun kutilgan natijani taqdim etishiga tilakdoshmiz!