Zilzila oqibatida Suriyada epidemiya boshlanishi taxmin qilinmoqda

Zilziladan soʼng Suriya xalqi birinchi navbatda ichimlik suvi va oziq-ovqatga ehtiyoj sezmoqda. Buni YUNISEFning Yaqin Sharq va Shimoliy Аfrika mintaqaviy boʼlimi raisi maʼlum qilgan.

“Аgar hozirning oʼzida choralar koʼrilmasa, millionlab odamlarga daxl qiladigan epidemiya paydo boʼlish xavfi bor”, – deya qayd etgan u.