Zilzila tufayli Turkiyada barcha sport tadbirlari to‘xtatildi

Turkiya yoshlar va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapo‘g‘luning ijtimoiy tarmoqda ma’lum qilishicha, yuz bergan dahshatli zilziladan so‘ng barcha sport tadbirlari to‘xtatildi.

Barcha tegishli bo‘linmalar faoliyati Tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi (AFAD) bilan muvofiqlashtirilgan, deya qo‘shimcha qilingan uning bayonotida.