Ziraat Bank ham Turkiyaga yordam berishga hissa qo’shmoqda

Turkiya Jumhuriyati Ichki ishlar vazirligi Ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) tabiiy ofatdan jabrlangan fuqarolarning shoshilinch ehtiyojlarini to’ldirish maqsadida yordam xayriyasini o’tkazmoqda.

Yordam berishni istaganlar O'zbekistonning tijorat banklariga, shu jumladan Ziraat Bank Uzbekistanga tashrif buyurishlari va ustuvor, tezlashtirilgan usulda quyidagi rekvizitlarga o'z xayriyalarini o'tkazma foizlaridan ozod qilingan holda o'tkazishlari mumkin:

T.C. ZİRAAT BANKASI A.Ş.
ANKARA KAMU KURUMSAL ŞUBESİ
TL : TR73 0001 0017 4555 5555 5552 04
USD : TR 46 0001 0017 4555 5555 5552 05
EURO : TR 19 0001 0017 4555 5555 5552 06
Banka Swift Kod No : TCZBTR2A

Shuningdek, Ziraat Mobile Uzbekistan mobil ilovasi foydalanuvchilari "MENYU" tugmasi orqali "TO'LOVLAR" bo'limiga o'tishlari va "XAYRIYA" bandini tanlab, jabrlanganlarga Turkiya elchixonasi hisobvarag'i yoki Turkiyaning O'zbekistondagi mustaqil ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar assotsiatsiyasi MÜSIAD hisobvarag'i tugmalar orqali yordam berishlari mumkin.