Ziroat Mirziyoyeva Andijonda maktab sinflarining jihozlanishi bilan tanishdi

Ziroat Mirziyoyeva Andijon viloyati Xo‘jaobod shahridagi ikkita ixtisoslashtirilgan maktabda sinflarning jihozlanishi bilan tanishdi va o‘quvchilar bilan dildan suhbatlashdi.
“Zamin” fondi ko‘magi bilan bu maktablar to‘siqlarsiz muhitda sifatli ta’lim olish uchun zamonaviy assistiv jihozlar bilan ta’minlandi.
Fond tomonidan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan “Eshitishni xohlayman!” loyihasi doirasida ushbu ikki maktab o‘quvchilari tashxisdan o‘tkazilib, 402 nafar o‘quvchiga 702 ta raqamli eshitish moslamasi o‘rnatildi.
Umuman, joriy yilda tegishli individual tashxisdan so‘ng eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga yana 5600 ta raqamli eshitish moslamasi yetkazib beriladi.






