Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasi davomida Toshkent viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qoʼyildi. Ovozga qoʼyish natijalariga koʼra, Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.
Sessiya yakunida Prezidentimiz xalq vakillari tomonidan yuksak ishonch bildirilgan Zoyir Mirzayev endi oʼz faoliyatida adolat, sadoqat, halollik, masʼuliyat, fidoyilik kabi xislatlarni namoyon etib, Toshkent viloyati ahliga astoydil xizmat qilishi lozimligini taʼkidladi.
Bunda, eng avvalo, xalqning dardini eshitish va muammolarini hal etish, inson qadrini ulugʼlash va aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish boʼyicha ishlarni amalga oshirishi zarurligi qayd etildi.






