«ZTE» 6G texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi

Ma’lum qilinishicha, Xitoyning "ZTE" texnologik kompaniyasi 6G aloqa texnologiyasining asosiy sinovlari muvaffaqiyatli yakunlanganini e’lon qilgan. Sinovlarning to’liq natijalari oshkor etilmagan bo‘lsa-da, foydalanilgan "2ga 2 MIMO" antenalarining spektral samaradorligi gersga 7 bit/s yetgan.
Qayd etilishicha, aloqa tarmoqlarining har bir yangi avlodi rivojlanishi uchun taxminan 10 yil sarflanadi. Xususan, 4G- 2009-yilda, 5G- 2019-yilda yaratilgan bo’lsa 6G texnologiyasi esa 2028 va 2030-yillargacha mo‘ljallangan.






