O'zbekistonda Internet tezligi oshdi

«Ookla» kompaniyasi Speedtest xizmati 2021-yil may oyi natijalariga oid yangi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Unda, Oʻzbekistonning simli va mobil internet tezligi yaxshilanganligi qayd etilgan, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

Bu yil ichida O'zbekistonda simli Internet tezligi 1,5 barobarga o'sdi, yaʼni 2020-yil may holatiga koʻra 26,45 Mbit/s dan 2021-yil may holatiga koʻra 40,54 Mbit/s gacha (53,2%).

Shuningdek, mobil Internet tezligi 2020-yil may holatiga koʻra 11,26 Mbit/s dan 2021-yil may holatiga koʻra 18,56 Mbit/s (64,8%) gacha o'sdi .

Eslatib o'tamiz, dunyoda mobil Internet tezligi bo'yicha BAA, Janubiy Koreya va Qatar yetakchilik qilmoqda. Simli Internet tezligi bo'yicha 1,2,3-o'rinlarni Singapur, Gonkong va Monako egallaydi.