AQSh Afg'oniston xavfsizligi uchun 3,3 milliard dollardan ziyod mablag' ajratadi

AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘oniston davlat rahbari Ashraf G‘ani bilan telefon orqali suhbat qilgan. Suhbat davomida Bayden Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2022-yilda 3,3 milliard AQSh dollari ajratilishini ta‘kidlab o‘tdi.
Bayden, shuningdek, Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etilishi tasdiqladi. Mazkur maqsadlar uchun Prezident administratsiyasi 2022-moliyaviy yilda Kongressdan 3,3 milliard AQSh dollari ajratiladi.
Mablag‘ning 1 milliard dollari Afg‘oniston harbiylarini yonilg‘i va harbiy qurollar bilan ta’minlashga, 700 million dollari ularning maoshiga sarflanishi ko‘zda tutilgan.






