Kalmar o‘yini Netflixga oyiga qariyb 900 mln dollar daromad keltirdi

Netflix’ning hisob -kitoblariga ko‘ra, uning yangi "Kalmar o‘yini" seriyali kompaniyaga 900 million dollarga yaqin daromad keltirgan.

«Bu Janubiy Koreya dramasi birinchi oyda 891,1 mln dollar daromad keltirdi. Ushbu loyihani ishlab chiqarish uchun 21,4 mln dollar, yoki har bir epizod uchun taxminan 2,4 mln dollar sarflangan. Bu ma’lumotlar faqat birinchi mavsumga taalluqli va Netflix’ning serial tafsilotlari ko‘rsatilgan hujjatdan ma’lum bo‘ldi ", deb yozadi Bloomberg.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Kalmar o‘yini’ning dastlabki 23 kunida 132 millionga yaqin odam serialning kamida ikki daqiqasini tomosha qilgan, bu Netflix uchun rekorddir.

Ma’lum qilinishicha, serialni tomosha qilishni boshlagan odamlarning 89 % kamida 75 daqiqa (bir nechta epizod), tomoshabinlarning 66 foizi yoki 87 million kishi serialni serialni boshidan ohirigacha tomosha qilgan. Umuman hisobda, Kamlar o'yinini tomosha qilish uchun 1,4 milliard soatdan ko‘proq vaqt ajratilgan.

Bloomberg'ning ta’kidlashicha, Netflix aksiyalari 17-sentyabrda namoyish etilganidan beri 7 % oshgan, hozirda kompaniya 278,1 mlrd dollarga baholanmoqda.

Kalmar o‘yini o‘zi qanday serial?
Serial rejissori Xvan Dong Xyuk. Serial bolalar o‘yinlarida omon qolish haqida hikoya qiladi. Birinchi mavsumda 9 ta epizod namoyish etildi.
Syujet: Qiyinchilikga duch kelgan serial qahramonlari orolga tushib qolishadi. U yerda 456 nafar ishtirokchi bosh sovrin 45 mln dollar uchun beozor ko‘ringan bolalar o‘yinklarida kurash olib borishadi.
Mag‘lub bo‘lgan ishtirokchi o‘ladi.