Buxoroga tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshlandi

Qur’on tilovat etilib, Alloh taolodan xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab duo qilindi.
Ulamolar bilan suhbatda ilmning ahamiyati, yoshlar tarbiyasi haqida so‘z bordi.
Buxoro azaldan ilm, ma’naviyat markazi. Qadimda bu yerda 30 dan ortiq oliy madrasa bo‘lgan. Hech qayerdan buncha ko‘p ulamo chiqmagan. Bugun ham yoshlar tarbiyasida, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishda Buxoroning o‘z o‘rni bor, - dedi Shavkat Mirziyoyev.






