O'zbekiston chang‘i sportining yangi markazi bo'la oladimi? - FT

Britaniyaning nufuzli nashrlaridan biri "The Financial Times" O'zbekistonda chang'i sporti infratuzilmasini rivojlantirishga bag'ishlangan maqolani chop etdi.

Maqola muallifi Simon Osborn o'tgan yili fevral oyida "Amirsoy"kurort majmuasiga tashrif buyurgan edi.

Simon o'zining maqolasida 2019-yil oxirida ochilgan "Amirsoy" mamlakatning sayyohlik salohiyatini o'sishiga turtki bo‘ldi deb yozadi. ‑ O'tgan yili mavsum avjida Amirsoyga kuniga 6 ming kishi tashrif buyurgan.".

2016-yilda O'zbekistonda iqtisodiy va siyosiy islohotlar xorijiy investitsiyalarning o'sishi kuzatildi. Mamlakat 2015-yilda Jahon bankining biznes yurutish bo‘yicha reytingida 141-o‘rnidan 69-o'ringa ko‘tarilganini ma'lum qildi.
"2016-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan davrda mamlakatning sayyohlar soni uch barobar oshdi, xususan, viza talablarining bekor qilinishi tufayli".

Nashrga ko‘ra, kelgusi yozda dam olish sohasida o‘zgarishlar ro‘y beradi, xususan, mehmonxona va restoranlarni ko'payadi. "Yaqinda" Amirsoy " raqobatchilarga ega bo'ladi, chunki hukumat uchta zamonaviy kurortni qurishni rejalashtirmoqda. - Fransuz kompaniyalari qariyb 48 million yevro sarmoya kiritishi kutilmoqda.