O‘z manfaatingizni ko‘zlamasdan, daromadli biznes bilan shug‘ullanish qanchalik qiyin!

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov “O‘zbekiston milliy manfaatlariga va xalqaro imijiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil etish to‘g‘risida”gi axborotni taqdim etdi.
Unda agentlik tomonidan 2020 va 2021-yilning birinchi yarmida korruptsiya jinoyatlari statistikasi e'lon qilindi.
2020-yilda Agentlik huquqni muhofaza qilish organlari yordamida, davlatga 500 mlrd so‘m zarar yetkazgan 1723 mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortdi. Zararning 71%, ya'ni 355 mlrd so‘mi qoplangan.
Eng ko‘p korrupsiya holatlari XTV xodimlari orasida kuzatilgan. Geografik jihatdan eng ko‘p javobgarlikka tortilganlar Toshkent, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Farg'ona viloyatlari mansabdor shaxslari.






