O'zbekiston Turkiy kengashning Afg'oniston bo'yicha yig'ilishida ishtirok etadi

2021-yil 27-28-sentyabr kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Аbdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Аfgʼoniston boʼyicha Istanbul shahrida boʼlib oʼtadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yigʼilishida ishtirok etadi. 

Uchrashuv davomida xavfsizlik va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, Аfgʼonistondagi vaziyat muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, Turkiy Kengashga 2009-yilda asos solingan. O'zbekiston unga 2019-yil qo'shilgan. TKga Ozarbayjon, Turkiya, Qozog'iston va Qirg'iz Respublikalari a'zo bo'lgan.