O‘zbekiston Respublikasida munosib mehnat bo‘yicha 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan mamlakat dasturi

Toshkentda xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan "2021-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasida munosib mehnat bo'yicha mamlakat dasturi"ni imzolashga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

Tadbirda :
– Oliy Majlis Senati raisi, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva;
- Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari;
– BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori;
– Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri;
– O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi;
– O'zbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasi raisi va boshqalar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda 2021-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasida munosib mehnat bo'yicha mamlakat dasturi imzolandi va uni amalga oshirish boshlandi. Dasturni amalga oshirish uchun xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

"2014-2020 — yillarda O'zbekiston Respublikasida munosib mehnat bo'yicha mamlakat dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirildi va O'zbekistonning xalqaro mehnat tashkiloti bilan samarali hamkorligiga zamin yaratdi" - dedi T. Narbayeva.

Dastur doirasida fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish, xalqaro mehnat normalarini amaliyotga joriy etish masalalari bo'yicha milliy qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi.