O'zbekistonda LADA avtomobillarini yig'ish boshlandi

LADA Vesta SW va LADA XRAY modellari birinchilardan bo'lib dilerlik tarmog'iga tarqalishga tayyor bo'lib turibdi.
LADA Largus esa yaqin orada liniyaga qo'shilishi kutilmoqda. Avtomobillar yig'ilishi Jizzax erkin iqtisodiy zonasida joylashgan ADM Jizzakh avtomobil zavodida tashkil etildi.
"O'zbekiston AvtoVAZ uchun asosiy eksport bozorlaridan biri bo'lib, LADA brendi respublikada yaxshi tanilgan. Hamkorlikning yangi bosqichi mamlakat bozorida LADA rivojlanishini davom ettirish imkonini beradi", - dedi kompaniya vakili.
Ushbu mahalliylashtirish jarayoni, davlat xaridlarida ishtirok etish orqali mijozlarning qamrovini oshiradi, bu esa O'zbekistonda LADA brendining mavqeyini kengaytiradi.
Zavod O'zbekistonga KIA va LADA modellarini rasmiy import qiluvchi 2020 yil oxirida o'z faoliyatini boshlagan "Roodell" kompaniyasiga tegishli.






