Zayniddin Nizomxodjayevning Rossiyada o'zbek diplomatlari bilan uchrashuvi

Moskvadagi O'zbekiston elchixonasida Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayevning Rossiyadagi O'zbekiston diplomatlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda O'zbekiston elchisi Botirjon Asadov, Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Sankt-Peterburg, Rostov-na-don shaharlaridan bosh konsullar hamda tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, "Uzbekistan Airways" AJ, "O'zbekiston Temir yo'llari" AJ, "Osiyo Invest" bankining Moskvadagi vakolatxonalari xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Markaziy saylov komissiyasi raisi muhim jihatlar qatorida respublikamizning xorijdagi vakolatxonalari va muassasalari tomonidan saylov jarayonini tayyorlash va tashkil etishga alohida e'tibor qaratdi. Xorijiy davlat hududida saylovchilar elektron ro'yxatini shakllantirish mexanizmi muhokama qilindi.
Tadbir doirasida Rossiyada 14-dan 21-oktyabr 2021-ga qadar erta ovoz berish jarayoni tashkil etish masalasi muhokama qilindi.






