"Transparency Uzbekistan" korrupsiya va ochiqlikni o'rganadi

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha birinchi nodavlat tashkiloti - "O'zbekistonda ochiklik va shaffoflik" tahliliy markazi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazildi.

Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Korrupsiyaga olib keladigan zararning sabablari va oqibatlarini, shuningdek uni oldini olish yo'llarini tadqiq etish;
- Korrupsiya darajasini, davlat hokimiyati organlariga bo'lgan ishonch darajasini va korruptsiyaga qarshi choralar samaradorligini baholash uchun tadqiqotlar o'tkazish;
- Shaffoflik, adolat va halollikni ta'minlash uchun davlat organlari faoliyati ustidan qat'iy jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
- O'zbekistonda korrupsiya va qonun ustuvorligining oldini olish bo'yicha muqobil hisobotlarni tayyorlash va nashr etish;
- O'zbekistonda ochiqlik va oshkoralik, korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligi sohasida xalqaro standartlarni joriy etish;
- Qonun loyihalarini mustaqil ekspertizadan o'tkazish va uning natijalarini e'lon qilish.

Markaz Transparency International xalqaro tashkilotida akkreditatsiyadan o'tadi va ular bilan hamkorlik qilish uchun boshqa ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlarga qo'shiladi.