Birlashgan Arab Amirliklarida 60 ming dollarlik sovrin jamg'armasi bilan shaxmat turniri boshlandi

Sharja shahrida (BAA) "Sharja Masters 2021" shaxmat bo'yicha nufuzli xalqaro turnir boshlandi. Musobaqada dunyoning 29 mamlakatidan 60 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.

Turnirning umumiy sovrin jamg'armasi 60 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Yosh va istiqbolli shaxmatchilar Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubbayev va Javohir Sindarov mamlakatimiz sharafini himoya qiladilar. Hamyurtlarimiz orasida eng yuqori reyting 2 648 ochko bilan jahon reytingida 100-o'rinni egallagan N. Abdusattorov.

Ishtirokchilarga kelgusi o'yinlarda omad tilaymiz.