Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston birinchi prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga muvofiq 2-sentabr mamlakatimizda Islom Karimov xotirasiga bag'ishlangan kun sifatida nishonlanmoqda.

Davlatimiz rahbari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. U birinchi prezident haykali poyiga gul qo'ydi va xotirasini sharafladi. Marosimda birinchi Prezidentimizning rafiqasi Tatyana Karimova, Oliy Majlis, prezident ma'muriyati, Vazirlar mahkamasi va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Qur'ondan suralar o'qildi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 30-yilligiga bag'ishlangan marosimda Shavkat Mirziyoyev birinchi Prezidentimiz O'zbekiston mustaqilligini e'lon qilib, uning tarixidagi eng murakkab davrda boshchilik qilganini ta'kidladi.

Shuningdek, Samarqand va Qarshi shaharlarida ham Islom Karimov haykali poyiga gul qo'yish marosimi bo'lib o'tdi.

Islom Karimovni xotira kuni har yili 2-sentabrda nishonlanadi.30 yanvar kuni esa uning tug'ilgan kuni nishonlanadi. Islom Abdug'aniyevich 1991-yilda mustaqillikka erishgandan buyon mamlakatni 2016-yilda vafotigacha boshqardi.