Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri O'zbekiston xalqini mustaqilligimizning 30 yilligi bilan tabrikladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vaziri Muhammad bin Rashid Al Maktum bilan telefon orqali muloqot qildi.

Amirliklar vitse-prezidenti davlatimiz rahbarini va O'zbekiston xalqini mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy tabriklab, tinchlik, farovonlik va ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog'ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi, Birlashgan Arab Amirliklarining 2019-yil mart oyida tashrifi yakunlari bo'yicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko'rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlik natijalari qayd etildi va birinchi quyosh fotoelektr stantsiyasining Masdar kompaniyasi bilan qurilish ishlari O'zbekistonda muvaffaqiyatli yakunlangani ta'kidlandi.

Tomonlar xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdilar.