Zoom ilovasining choraklik daromadi $1 milliarddan oshdi

Tarixida birinchi marta, Zoomning choraklik daromadi, karantin cheklovlar zaiflashishiga va talab pasayishiga qaramay $1 milliarddan oshdi deya Wall Street Journal xabar bermoqda.

Zoomning daromadi ikkinchi chorakda $317 milliongacha (bir yil oldin $186 million) oshdi, sof foydasi esa taxminan $1,02 milliard (bir yil oldin $663,5 million)ga ko'tarildi. FactSet so'roviga ko'ra, natijalar "Zoom" va "Wall Street" ning konsensus prognozlaridan ham oshib ketdi. Endi kompaniya yillik daromadni $4,01-4,02 milliard (oldingi prognoz — $3,98-3,99 milliard)gacha oshishini va kompaniya aksiyalarini esa hissa boshiga $4,75-4,79 oshishi (oldingi prognoz $4,56-4,61 hissa boshiga) kutmoqda.

Zoom chorak oxiriga qadar 504 900 foydalanuvchilari borligi haqida xabar berdi (o'tgan yili ular 497 000 edi). So'nggi oylarda kompaniya yangi xususiyatlar va xizmatlarni qo'shdi. Misol uchun, iyul oyida kompaniya Five9 mijozlari bilan bulutga asoslangan aloqa dasturiy ta'minot provayderini sotib olishga rozi bo'ldi. Bu shartnoma, Zoomni qo'ng'iroq markazlari bozoriga kirishga imkon beradi.