Toshkent metro bekatlarida barcha mobil aloqa operatorlari faoliyatini yo'lga qo'yish rejalashtirilgan

Xozirda poytaxt metrosi yo'lovchilari Ucell mobil aloqasidan muammosiz foydalanishlari mumkin.

Endi metroga boshqa operatorlarga kirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Transport vazirligi va "Toshkent metropoliten" korxonasi vakillari brifingda ma'lum qilishdi.

"Metro – yo'lovchi" maxsus portalining yaqinda ishga tushirilishi e'lon qilindi. Uning yordami bilan yo'lovchilar metro ishi bo'yicha o'z taklif va shikoyatlarini yuborishlari mumkin.