Quyosh fotoelektr stantsiyasidan birinchi elektr energiyasi tarmoqqa o'tkazildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida bo'ldilar. O'zbekistonda birinchi yirik quyosh fotoelektrik stansiyasini ishga tushirish marosimi bo'lib o'tdi.

Loyiha qiymati 110 million AQSh dollari bo'lib, mazkur stansiyaning quvvati 100 megavattni tashkil etadi. Qurilish uchun tanlov 2019 yilda potentsial kompaniyalar orasida e'lon qilingan edi. Tanlov g'olibi 1 kilovatt – soat elektr energiyasi uchun eng arzon tarif-2679 AQSh dollarini taklif qilgan Birlashgan Arab Amirliklari Abu Dabi Future Energy Company – Masdar kompaniyasi bo'ldi.

Stansiyada yiliga 252 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, bu esa viloyatdagi 30 mingdan ortiq uyni elektr energiyasi bilan ta'minlash imkonini beradi.

Marosimda Birlashgan Arab Amirliklarining O'zbekistondagi favqulodda va Muxtor elchisi Said Al-Kemzi so'zga chiqib, ushbu yirik loyiha O'zbekiston bilan BAA o'rtasidagi yaqin hamkorlikning samarasi ekanini ta'kidladi.