Tatariston Respublikasi turizm davlat qo'mitasi Кaisi Sergey Ivanov turizmni rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston tajribasidan mamnun bo'ldi

Tatariston Respublikasi turizm davlat qo'mitasi Raisi Sergey Ivanovning O'zbekistonga ish safari doirasida turizm va sport vazirligida muzokaralar o'tkazildi.
Tadbir avvalida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov mehmonlarni mamlakatimizning sayyohlik salohiyati, ushbu sohani rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan hukumat chora-tadbirlari, sayyohlar xavfsizligini ta'minlash, jumladan, «Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED» sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi tizimi bilan tanishtirdi.

S. Ivanovning fikriga ko'ra, yurtimiz sayyohlar tashrif buyuradigan eng xavfsiz joylardan biri bo'lib, mamlakatning boy sayyohlik salohiyati, ko'plab me'moriy yodgorliklar, milliy o'zbek oshxonasi, turizmning xilma-xilligi va sayyohlik xizmatlarining diversifikatsiyasi davlatimizni xalqaro sayyohlik markazlaridan biriga aylantiradi.

Muzokaralar natijasida O'zbekiston va Tatariston o'rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Tatariston Respublikasi delegatsiyasining tashrifi davom etmoqda.