Toshkentga yangi “Afrosiyob” poyezdlari yetkazildi

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston Ispaniyadan 11 ta vagonli 2 ta lokomotiv, shuningdek, 4 ta alohida vagonlarni sotib olgan edi.

Dastlab, yangi poyezd maxsus yuk kemada 4000 km masofani bosib o‘tib, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetkazildi. U yerda harakat tarkibining barcha vagon va lokomotivlari yig‘ilib, yaxlit holatga keltirilganidan so‘ng, 20-iyul kuni temir yo‘l orqali O‘zbekistonga jo‘natildi. Yana 4200 km masofani bosib o'tib, 24-iyul kuni kechki payt Sankt-Peterburg shahridan Toshkentga yetkazildi.

Keltirilgan yangi poyezdning rasmiy taqdimot marosimi shu kunlarda, karantin cheklovlarining barcha meʼyor va qoidalarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.