Turkiyaning Antaliya viloyatida O'zbekistonning faxriy konsuli tayinlandi

O'zbekiston faxriy konsuliga akkreditatsiya kartasi topshirildi.
Marosimda Antaliya rahbarining o'rinbosari, shuningdek, O'zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher Agzamxodjayev, viloyatdagi akademik va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tayinlangan faxriy konsul Respublika rahbariyatiga ko'rsatilgan yuksak ishonch uchun katta minnatdorlik bildirdi.

Ma'lumki, faxriy konsul ko'plab tashkiliy-protokol masalalarini hal qiladi, ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bog'liq vakillik vazifalarini bajaradi. Bundan tashqari, u madaniyat, biznes, ta'lim va fan kabi turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini hal etishda bevosita ishtirok etadi.

Uchrashuvda O'zbekistonning iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish, mahalliy mahsulotlarni Antaliya va Turkiya bozorlariga eksport qilishga ko'maklashish, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, respublikaga turk investitsiyalarini jalb qilish masalasi muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida investitsiyalarni jalb etish va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan yaqin hamkorlik to'g'risida kelishuvga erishildi.
Aytish lozim konsullik okrugida fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, O'zbekiston Respublikasi bilan Turkiya o'rtasidagi tashqi iqtisodiy va madaniy-gumanitar munosabatlarni kengaytirish va rivojlantirish faxriy konsul faoliyatining ustuvor yo'nalishlari bo'ladi.