Qatar Savdo va sanoat vaziri bilan uchrashuv

2021 yil 11 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar savdo va sanoat vaziri Ali bin Ahmad al-Kuvari bilan uchrashdi.
Tomonlar savdo aloqalarini rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, qo'shma iqtisodiy tadbirlarni o'tkazish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha keng ko'lamli iqtisodiy islohotlar ta'kidlab o’tildi.
Uchrashuv davomida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha qo'shma hukumatlararo komissiya yig'ilishiga tayyorgarlik ko'rish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni faollashtirish to'g'risida kelishuvlarga erishildi.