Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning eri - shahzoda Filipp vafot etdi, u 99 yoshda edi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning eri - shahzoda Filipp vafot etdi, deya xabar beradi Bukingem saroyining sayti. U 99 yoshda edi. Filipp va Yelizaveta turmush qurganiga 73 yil bo’lgan edi. Ularning  to'rt farzandi bor. Shahzodaning vafoti munosabati bilan mamlakatda motam e'lon qilindi. Filipp qanday tarixga kiradi:

- Ikkinchi Jahon urushi paytida u harbiy dengiz uchuvchisi bo'lib xizmat qildi va Buyuk Britaniya uchun muhim janglardan birida qatnashdi.

- Ilk bor malika bilan 1934 yilda amakivachchasining to'yida tanishgan. Filipp 12 yoshda, Yelizaveta esa 8 yoshda edi. Ular bir-birlariga maktub yozishni boshladilar va 1946 yilda yashirincha unashtirdilar. Ular turmush qurganlariga 73 yil bo’ldi.

- Nikohdan o’tishdan oldin Filipp Mountbatten familiyasini oldi, pravoslavlikdan anglikanizmga o'tdi va "Yunoniston shahzodasi" va "Daniya shahzodasi" unvonlaridan voz kechdi.

- Shahzoda ikkita rekord o'rnatdi - qirollar sulolasi vakillari orasida umr ko'rish davomiyligi bo'yicha hamda uzoq vaqt davomida konsort (hukmron qirolichaning turmush o’rtog’i) bo'lib qoldi.

- 2017 yilda Filipp rasmiy ishlardan nafaqaga chiqdi, ammo jamoat oldida ko'rinishda davom etdi.

- Shahzoda SSSRga tashrif buyurgan Buyuk Britaniya qirollik oilasining birinchi a'zosiga aylandi - 1973 yilda Yevropa ot choptirish chempionatiga kelgan.

- Filipp atrof-muhitni faol qo'llab-quvvatlagan va Yovvoyi tabiat jahon fondining birinchi prezidenti bo'lgan.