Turkiy kengash Bosh kotibi Azerbayjon Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Joriy yilning 9 aprel kuni Turkiy kengash Bosh kotibi janob Bag’dod Amriyev Azerbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri jano Jeyhun Bayromov bilan uchrashdi.

Tomonlar Turkiy kengashga a’zo mamlakatlar rahbarlarining bo’lib o’tgan norasmiy Sammiti bo’yicha fikr almashdilar. Bo’lib o’tgan Sammit Turkiy tilli davlatlar rahbarlariga Turkiy kengash doirasida mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikning horizgi holatini muhokama qilish, dunyodagi vaziyat to’g’risida fikr almashish hamda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni muhokama qilish uchun katta imkoniyat yaratganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, ushbu Sammit Turkiy kengashning joriy yil kuzda bo’lib o’tadigan navbatdagi Sammitiga tayyorgarlik ko’rishda muhim bosqich bo’lganligi aytib o’tildi. Mazkur Sammitda Turkiy kengashning rivojlanish strategiyasi bo’yicha muhim qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.

Tomonlar Turkiy kengashga a’zo davlatlarning vazirlari hamda axborot va ommaviy axborot vositalari uchun mas’ul yuqori martabaga ega mas’ul shaxslarining uchrashuvlari muhimligini ta’kidlab o’tdilar.

Vazir, shuningdek, Turkiy kengashning aprel oyining oxirlarida Bokuda bo’lib o’tadigan maxsus biznes-forumni tashkil qilish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Ushbu biznes-forumning maqsadi – Qorabog’ning ozod qilingan hududlarini qayta tiklash jarayoniga a’zo davlatlarning ishbilarmon doiralarini jalb etishdan iborat.