TURK KENGASHI TRANS-KASPIY YO'LAGI BO'YICHA MAJLIS O'TKAZDI

2021 yilning 31 mart kuni Turkiy Kengashga a’zo davlatlar rahbarlari ishtirokida, virtual formatda bo’lib o’tgan norasmiy sammitida imzolandan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida, 5-7 aprel kunlari Turkiy Kengash Kotibiyati delegatsiyasi Boku shahriga tashrif buyurdi.

Delegasiya tashrifi davomida Ozarbayjon Respublikasi hukumati bilan Evropaga/dan Trans-Kaspiy koridori bo’yicha yuklarni tashishni yengillashtirish masalalari muhokama etildi. 

Bokuda delegatsiya a’zolari Ozarbayjon Respublikasi Transport vazirining o'rinbosari Rahman Gummatov janoblari, Bojhona Qo’mitasi rais o’rinbosari Javad Gasimov janoblari, Iqtisodiyot vaziri maslaxatchisi Emil Medjidov janoblari, “Ozarbayjon kaspiy kemasozligi” ZAJ raisi Rauf Veliyev janoblari, Baku Xalqaro Savdo Dengiz Porti bosh direktori Taleh Ziyadov janoblari bilan uchrashishdi hamda Alatada joylashgan Baku Xalqaro Savdo Dengiz Portiga tasgrif buyurdilar. 

Turkiy Kengashga a’zo davlatlarining transport – transit istiqbollariga alohida e’tibor qaratgan holda Turkiy Kengash, transport – hamkorlikning asosiy yo’nalishlaridan biri ekanligiga urg’u berdi. Junladan, ushbu soxada barcha turdagi transport vositalari tomonidan amalga oshiriladigan  operasiyalarni tartibga solish, Trans – Kaspiy koridorga qadar bo’lgan transport aloqalariga alohida urg’u bergan holda yangi samarali mexanizmlarni yaratish bo’yicha ko’rsatmalar berildi. 
Tomonlar Trans – Kaspiy koridori bo’ylab Ozarbayjon orqali Kengashga a’zo davlatlardan yuklarni tashish shartlari hamda uning hajmini oshirish bo’yicha fikr almashdilar.  

Shuningdek, delegasiya tomonidan Ozarbayjon orqali Trans – Kaspiy koridor bo’ylab O’zbekiston mahsulotlarini o’tkazish hajmini oshirish borasida ham muhokamalar bo’lib o’tdi.   

Bundan tashqari, tomonlar a’zo davlatlarda avto yuk tashish tizimini raqamlashtirish bo’yicha, e-TIR va e-Permit tizimlaridan foydalanish masalalarini ham ko’rib chiqishdi.  

Turkiy Kengash Kotibiyati delegasiyasi tarkibiga Turkiy Kengash Bosh Kotibi o’rinbosari Gismet Gozalov janoblari, Mirvohid Azimov janoblari, shuningdek loyiha direktori Farruh Jumayev janoblari kirishdi.