TBC Bank Uzbekistan

8-aprel kuni TBC Bank Uzbekistan tomonidan tashkillashtirilgan "Ornaments" ("Bezaklar") nomli ijtimoiy loyiha startiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Loyiha maqsadi - O'zbekiston amaliy va xalq san'ati naqshlarining raqamli katalogini yaratish va ushbu bezaklardan o'z mahsulot/loyihalarini brendlashda foydalanish istagida bo'lgan barcha uchun taqdim etishdan iboratdir.

Matbuot anjumanida TBC Bank kuzatuv kengashi raisi Nikoloz Kurdiani, "Ornaments" loyihasining kuratorlari Sardor Babaev va Feruzxon Yoqubxo'jayev, shuningdek, taniqli o'zbek san'atshunosi va loyiha ishtirokchisi Binafsha Nodir kabi spikerlar so'zga chiqishdi.

Nikoloz Kurdiani jurnalistlar va tadbir mehmonlarini tashkilotning korporativ ijtimoiy javobgarlik nuqtayi nazaridan olib borgan siyosati bilan tanishtirdi hamda TBC'ning Gruziyadagi ijtimoiy loyihalari va TBC Bankning O'zbekistondagi keng ko'lamli rejalari haqida so'zlab berdi. Loyiha ishtirokchilari va kuratorlari - Sardor Babaev, Feruzxon Yoqubxo'jayev va Binafsha Nodirlar esa "Ornaments" loyihasini rivojlantirishning uzoq muddatli istiqboli va ahamiyati haqida batafsil so'zlab Loyihaning birinchi bosqichi an'anaviy o'zbek to'qimachilik mahsulotlariga qaratilgan.

 

Ushbu bosqichda uch shahar: Samarqand, Buxoro va Toshkentga ekspeditsiya o'tkazish rejalashtirilgan. Ekspeditsiya davomida loyiha ishtirokchilari mahalliy madaniyat markazlari, muzeylar va amaliy san'at ustaxonalariga tashrif buyuradilar va hunarmandlar bilan intervyu o'tkazadilar.

 

Fotograf va dizaynerlar guruhi bilan esa, kadrlarni vektorli tasvir formatiga o'tkazib, milliy naqshlarni raqamlashtirish bo'yicha ulkan ishni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Matbuot anjumanida loyiha ishtirokchilari raqamli platformani yaratish rejalari bilan o'rtoqlashdilar.

Ushbu barcha uchun ochiq bo'lishi kutilayotgan platformada amaliy san'at obyektlarining raqamlashtirilgan bezaklari, shuningdek har bir naqsh haqida to'liq ma'lumot va uning tarixi joylashtiriladi.