"2020 yil qiyin va sinovlarga yillarda yashayapmiz"

Bu haqda 2021 yilda 8 aprelь kuni oʼtgan videokonferentsiyada davlat rahbari Shavkat Mirziyoev toʼxtaldi.


Prezident raisligida oʼtgan mazkur yigʼilishda hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlashning ustuvor vazifalari keng muhokama etildi.


Yigʼilishda taʼkidlanganidek mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda tadbirkorlarning oʼrni alohida ahamiyatga ega. Shu bois bugun yurtimizda mazkur soha vakillari har taraflama qoʼllab-quvvatlanmoqda. Koʼplab kredit liniyalari yoʼnaltirilib, subsidiyalar ajratilmoqda.

Аmmo, yaratilayotgan ana shunday keng imkoniyatlardan ayrim hududiy va sektor rahbarlari samarali foydalana olmayotganlari davlat rahbari tomonidan kueskin tanqid qilindi.
- Biz qiyin yillarda yashayapmiz – Shavkat Mirziyoev. – Har kuni yangilik izlab, pirovardida oldimizga qoʼygan ezgu maqsadlarimizga intilishimiz kerak. Аgar biz tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlamasak, sharoit yaratmasak, ularning sonini koʼpaytirmasak shahar va viloyatlarda mahalliy toʼldirilmaydi. Biz qancha mablagʼ ajratmaylik, qancha qaror va farmonlar qabul qilmaylik rahbarlarning dunyoqarashi oʼzgarmasa, tadbirkor bilan doʼstlashmasa barcha saʼy-harakatlarimiz behuda ketadi.


Keskin tanqidiy ruxda oʼtgan yigʼilishda hududlardagi tadbirkorlikning holati tahlil etildi. Yangi ish oʼrinlari yaratish boʼyicha ishlab chiqilgan loyihalarning bugungi holati davlat rahbarining noroziligiga sabab boʼldi.
Video selektor muhokamsidagi masalalar yuzasidan tarmoq va hudud rahbarlari hisobotlar taqdim etdi. 


Muhokama va tahlillardan kelib chiqib shahar va tuman hokimlariga har bir mahallani rivojlantirish dasturini ishlab chiqib va mahalliy kengashga tasdiqlatish hamda uni amalga oshirish boʼyicha vazifalar yuklandi.