Golden House – xalqaro miqiyosida eʼtirofga sazovor boʼlgan Oʼzbekistondagi ilk kompaniya

Golden House – poytaxt yangi qiyofasini yaratishda faol ishtirok etib kelayotgan kompaniyalardan biridir. Oʼzining qurgan binolarida betakror meʼmoriy yechimi hamda dizayni bilan boshqalardan keskin farq qiluvchi ushbu qurilish korxonasi dunyodagi taniqli muxandislik kompaniyalari bilan yaqin hamkorlikni yoʼlga qoʼygan.

Bugunga qadar kompaniya tomonidan 35 ta turar-joy majmualari barpo etilgan boʼlsa, shundan 17 tasi toʼliq bitgan va ularda bugun odamlar umrguzaronlik qilmoqda. Hozirda 1 million kv.m maydonda bunyodkorlik ishlari davom ettirilmoqda.

Kompaniya loyihalari 3 ta sinfga boʼlingan. Comfort, Business va Premium guruhiga mansub uylar bir-biridan sifati va narxid bilan far qiladi. Qurilishning umumiy maydoni 1 million kv.m

Shu oʼrinda alohida taʼkidlash joiz Golden House – xalqaro miqiyosida eʼtirofga sazovor boʼlgan Oʼzbekistondagi ilk kompaniyadir.
Erishilgan muvaffaqiyatlar va xalqaro eʼtiroflar kompaniya rahbaridan tortib masʼullari va mutasaddilarini yana va yana izlanishlarga chorlab kelmoqda. Yangi loyihalarning kontseptsiyalarini takomillashtirish yoʼlida doimiy izlanishdalar.

Аna shunday yirik kompaniya “Bright Uzbekistan” xalqaro loyihasining hamkoriga aylandi.
Ikki tomon oʼrtasida boʼlib oʼtgan muzokaralarda hamkorlikning muhim jihatlari xususida kelishuvlarga erishildi. 
“Bright Uzbekistan” loyihasi asoschisi Davron Аbdullaev va Golden House kompaniyasi direktori Davron Fayzimatov oʼzaro manfaatli hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan ishlarni belgilab oldilar.